Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.08.2017 18:03 Chop etish versiyasi

Musaffo osmonimiz himoyachilari

Musaffo osmonimiz himoyachilari Mamlakatimizda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi Havo floti kuni sifatida nishonlanadi. Soha xodimlari uchun esa bu kun Havo hujumiga qarshi mudofaa va Harbiy-havo kuchlari qo‘shinlarining bayrami deb ham hisoblanadi.

Istiqlol yillarida harbiy uchuvchilarimiz mavjud havo kemalari, aerodromlarning murakkab infratuzilmasi va jangovar boshqaruv punktlarning jangovar tayyorgarligini shay holatda saqlab turibgina qolmay, aviatsiya texnikasining yangi turlari, xususan, vertolyot, samolyot transportlari, zenit tizimlarining yangi turlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirmoqda.

Mustaqillik yillarida tashkil etilgan Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining bitiruvchilari yurtimizning turli burchaklarida samarali xizmat qilib kelmoqda. Bugungi kunda mazkur o‘quv dargohi kursantlarining havodagi parvozi 200 soatdan ortiqni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich yuksak talablarga javob beradi.

Bayram munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri va mudofaa vaziri o‘rinbosari – Havo hujumiga qarshi mudofaa va Harbiy-havo kuchlari qo‘shinlari qo‘mondoni buyrug‘iga asosan, Qurolli Kuchlarining bir guruh harbiylari a’lo xizmatlari uchun mukofotlandi. Mudofaa vaziri buyrug‘iga ko‘ra, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hissasi uchun respublikamiz Qurolli Kuchlarining bir guruh keksa xodimlariga esdalik nishonlari topshirildi.

– Hamon yoshlarga bilim va tajriba ulashayotganimdan juda xursandman, – deydi zaxiradagi podpolkovnik Hikmat Nasriddinov.– Ayni paytda harbiy xizmat ishonchli qo‘llarda ekanligini ko‘rish kishini yanada quvontiradi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli san’atkorlari, taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi konsert tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Ablay Kamolov, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
1 512






Все о погоде - Pogoda.uz