Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.05.2018 15:19 Chop etish versiyasi

Muruvvat uyida tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi bir qator tashkilotlar hamkorligida Toshkent shahridagi Muruvvatuyida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Prezidentimizning joriy yil 16-apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida uyushtirildi.

Mazkur muassasa imkoniyati cheklanganlarga har tomonlama yordam berish, ularning salomatligini muhofaza qilish, ruhiy madad ko‘rsatish, jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi. Ushbu bayram tadbiri bu muassasada davolanayotgan yurtdoshlarimizga cheksiz zavq ulashdi.

Tadbirda konsert namoyish etilib, homiylarning bayram sovg‘alari ulashildi.

Barno Meliqulova, O‘zA
1 905