O‘zA O`zbek

13.08.2018 15:56 Chop etish versiyasi

Murojaatdan so‘ng fuqaro “Nexia-3” rusumli avtomashinani oldi

Murojaatdan so‘ng fuqaro “Nexia-3” rusumli avtomashinani oldi
Dehqonobod tumani Beshbuloq qishlog‘ida yashovchi fuqaro Ulug‘bek Abdurahmonov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.

71d62695-a21d-4d03-984c-76cf86bbb00c.jpg
Murojaatda fuqaro “Qashqadaryoavtotexxizmat” AJga qarashli avtosalondan “Nexia-3” rusumli avtomashina uchun 86 million 445 ming so‘m to‘lov amalga oshirganligi, biroq avtosalon ishchilari tomonidan o‘z vaqtida avtomashina yetkazib berilmay, shartnomada ko‘rsatilgan shartlar bajarilmayotganligidan norozi bo‘lgan.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga asosan Qarshi shahar iste’milchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati xodimlari va fuqaro ishtirokida o‘rganish ishlari tashkil etildi. Natijada fuqaro murojaatida keltirilgan vajlar bo‘yicha “Qashqadaryoavtotexxizmat” AJga qarashli avtosalondan “Nexia-3” rusumli avtomashinani olish bo‘yicha ikki tomonlama tuzilgan shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha avtosalon rahbariyatiga yuqorida zikr etilgan qonunning tegishli moddalari va iste’molchilar huquqlari tushuntirildi. O‘tkazilgan tushuntirish ishlari natijasida “Qashqadaryoavtotexxizmat” AJga qarashli avtosalon tomonidan fuqaro U.Abdurahmonovga “Nexia-3” rusumli avtomashina berildi va fuqaroning murojaati ijobiy hal qilindi.

O‘zA
3 574