O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

Murojaatchining kredit mablagʻi undirib berildi

Murojaatchining kredit mablagʻi undirib berildi

Olot tumani “Jayxunobod” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Q.R. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Olot tumanidagi tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasiga murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro tadbirkorlik qilish maqsadida “Agrobank” ATB Olot tumani filiali bilan kredit shartnomasi tuzganini, biroq shartnomaga asosan 22,5 million soʻmlik kredit mablagʻi ajratilmayotganini taʼkidlagan va muammoni hal etishda amaliy yordam soʻragan.

Murojaat tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan batafsil oʻrganiladi.

Tuman adliya boʻlimi boshligʻi Ixtiyor Choʻlliyevning taʼkidlashicha, kredit shartnomasiga asosan “Agrobank” ATB Olot filiali zimmasiga 22,5 million soʻm miqdoridagi kredit mablagʻlarini koʻchirish majburiyati yuklandi. Kredit mablagʻlarini oʻz vaqtida oʻtkazib bermagani uchun kechiktirilgan kunlar hisobiga 1 million 237 ming 500 soʻm penya undiriladi. Murojaat muallifining manfaatini koʻzlab fuqarolik ishlari boʻyicha Qorakoʻl tumanlararo sudiga ariza kiritilib, kredit mablagʻi undirib berilishi taʼminlanadi.

1 503
Zarif KOMILOV, OʻzA