Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2017 16:13 Chop etish versiyasi

Munosiblik mas’uliyati

Dilnoza Rahmatova kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo, jahon chempionatlarining ko‘p karra sovrindori. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olayotgan Dilnoza 2017-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib topilganini mamlakatimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr-e’tibordan deb biladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 2017-yilda sazovor bo‘lgan qizlar ishtirokida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirga turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlarining vakillari, o‘qituvchilar, faol xotin-qizlar, talaba-yoshlar taklif etildi.

Ishtirokchilar poytaxtimizdagi O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya haykali poyiga gullar qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktorining o‘rinbosari Z.Xudoyberdiyev va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti iste’dodli qizlar safini tobora kengaytirish, ularning ezgu orzularini yuzaga chiqarishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan xotin-qizlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ayniqsa, o‘smir qizlar salomatligini asrash, millatimiz genofondini sog‘lomlashtirish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid ishlarni takomillashtirish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlar yurtimizning millionlab onalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

– Ardoqli shoiramiz nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lish har bir qizning orzusi, – deydi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining 2017-yilgi sohibasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tibbiyot kolleji o‘quvchisi Go‘zal Otajonova. – Inson qaysi kasbni tanlamasin, uning yetuk ma’naviyatli, teran tafakkurli shaxs bo‘lib kamolga yetishida adabiyotning o‘rni beqiyosdir. Yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor samarasida hamda she’riyatga mehrim bois men ham adabiyotga doir bir qator ijodiy loyihalar, tanlovlarda qatnashdim. Ilk mashqlarim kitob holida chop etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Zulfiya izdoshlari mamlakatimizda yosh avlod kamolotiga ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr-g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda Vatanni, istiqlolni, tinch va osoyishta kunlarimizni, yoshlar kamoloti va istiqboli yo‘lidagi e’tiborni tarannum etuvchi she’r va kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva so‘zga chiqdi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
451






Все о погоде - Pogoda.uz