Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2017 14:43 Chop etish versiyasi

Farg‘onada “Mahalla – mening taqdirimda” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada “Mahalla – mening taqdirimda” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovi bilimli, iste’dodli, o‘zi istiqomat qilayotgan mahalla faoliyatiga befarq bo‘lmagan avlodni kamolga yetkazishga xizmat qilish bilan birga, ularda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlamoqda.

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “Qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam!” shiori ostidagi mazkur tanlovning viloyat bosqichi yoshlar o‘rtasida bilim va tafakkur bahsiga aylandi. Tanlovning hududiy bosqichlarida saralangan 19 jamoa mahalla hayoti, tarixi, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va boshqa tushunchalar doirasida o‘z bilim va ko‘nikmasini namoyish etdi.

Mamlakatimizda navqiron avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalash, ularning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun keng sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bunday ulug‘vor ishlarda mahalla instituti faol ishtirok etib, yoshlarimizning o‘zlari tanlagan sohada yuksak yutuqlarga erishishiga ko‘maklashayotir.

– Bugungi tanlov tengdoshlarimiz bilan tanishish, bilimlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qilish bilan birga, chinakam do‘stlik bayramiga aylandi, – deydi ishtirokchi Shohimardon Tolibjonov. – Bunday tadbirlar bizni «Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?» degan hayotiy savollarni o‘z oldiga qo‘ygan holda kelajakka bugundan shukronalik va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada teran his etishga undaydi.

Birinchi o‘rinni Farg‘ona shahar “Oqariq” mahalla fuqarolar yig‘inining “Yurtparvar” jamoasi qo‘lga kiritdi va u tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Yozyovon tumanidagi “Qorasoqol” mahalla fuqarolar yig‘inining “G‘oliblar”, Toshloq tumanidagi “Furqat” mahalla fuqarolar yig‘inining “Istiqbol” jamoalari egalladi.

Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
568






Все о погоде - Pogoda.uz