O‘zA O`zbek

31.08.2018 19:41 Chop etish versiyasi

Mukofotlar topshirildi

Mukofotlar topshirildi Termizda Prezidentimiz farmoniga muvofiq, Vatanimizmustaqilligining27 yilligi munosabati bilan davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh yurtdoshlarimizgaorden va medallar tantanali ravishda topshirildi.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida ilgari agrar hudud sanalgan Surxondaryo viloyati sanoati rivojlangan vohaga aylanmoqda. Ayniqsa, soʻnggi ikki yilda qurilish, servis va xizmat koʻrsatish, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, sanʼat va boshqa sohalarni ham jadal rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Viloyatdagi islohotlarda oʻz mehnati bilan faol ishtirok etib kelayotganlar safida Termiz shahridagi “Gulbahor nurli kelajak”MCHJ toʻquvchisi, “Jasorat” medali sohibasi Fotima Akbarova ham bor.

– Davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlanganimni eshitib, beixtiyor koʻzlarimga quvonch yoshlari keldi, – deydi F.Akbarova. – Iguruh nogironiman. Koʻp yilardan buyon shu korxonada mehnat qilibkelmoqdaman. Mening arzimas xizmatim shunday katta mukofotga munosib topiladi, deb sira oʻylamagan ekanman. Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy hayotida ulkan yangilanishlar yuz bermoqda. Xususiy tadbirkorlik yangi bosqichga koʻtarildi. Yoshlarning oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishiga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatilmoqda. Odamlarning hayotdan rozi boʻlib yashashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilmoqda. Ijtimoiy yordamga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar uy-joy bilantaʼminlanayotgani odamlarda mehnatga munosabatni oʻzgartirib, ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda.

Xolmoʻmin Mamatrayimov, Jonibek Qoʻzimurodov (surat) OʻzA
1 458