Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.08.2017 20:37 Chop etish versiyasi

Muhim vazifalar belgilandi

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashining navbatdagi plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimizning “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzacidan kelib chiqib, partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari oldida turgan ustuvor vazifalar, ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab olindi.

Partiya markaziy kengashi raisi S.Otamurodov va boshqalar Prezidentimiz tomonidan siyosiy partiyalarning faoliyatiga nisbatan bildirilgan tanqidiy fikrlardan zarur xulosalar chiqargan holda partiyaning g‘oyaviy va mafkuraviy dasturlarini takomillashtirish, mamlakatimiz hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarga partiyaning pozitsiyasini bildirish va uni keng jamoatchilikka yetkazish choralarini kuchaytirish lozimligini alohida ta’kidladi.

Plenumda partiya fraksiyasi va depututlik guruhlarining ijro hokimiyati idoralari faoliyati ustidan samarali parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatish yuzasidan yangi tizim yaratilganligi ma’lum qilindi. Unga muvofiq, markazda fraksiya, hududlarda partiya guruhlari tomonidan nazorat qilinadigan davlat boshqaruvi organlari doirasini aniqlash, ularning hisoboti va axborotini tegishli fraksiya majlislarida eshitib borish, kamchiliklarini aniqlash hamda rahbarlarning o‘z lavozimiga noloyiqligi yuzasidan asosli ma’lumot va takliflar kiritish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlanganidek, aholi bilan doimiy muloqotni amalga oshirish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etish, partiya viloyat kengashlari rahbarlarining tumanlarda, markaziy kengash rahbarlarining viloyat va tumanlarda sayyor qabullarini doimiy ravishda tashkil qilish va bu borada rejalar ishlab chiqish zarur. Sayyor qabullar davomidagi murojaatlarda ko‘tarilayotgan va aniqlangan muammolarning yechimini topish, umumlashtirish va ularni o‘z joyida hal qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Plenumda partiyaning «Yoshlar qanoti» faoliyatini takomillashtirish borasida ham qator takliflar bildirildi. Davlatimiz rahbarining ma’ruzacidan kelib chiqib partiyada kadrlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, xodimlar uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etish hamda partiya hududiy kengashlari moddiy-texnik ta’minotini yanada yaxshilash borasida aniq vazifalar belgilandi.

Partiyaning mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish masalasini muhokama qilish chog‘ida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida partiya guruhining ijrochi kotibi lavozimini joriy etish, deputatlarning partiya tashkilotlari va o‘z saylovchilari bilan tizimli muloqotini yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda partiya guruhlari va tashkilotlari rolini kuchaytirish, bu borada joylarda «markaz-viloyat-tuman» tartibida ishlaydigan yangi tizimni qo‘llash zarurligi ta’kidlandi.

Tadbirda «Yoshlar qanoti»ning xorijga chiqib ketgan, diniy oqimlarga kirgan hamda uyushmagan yoshlar bilan muloqoti qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilgani tanqid qilindi. Bu borada yoshlar bilan ishlashning hamkorlikdagi aniq mexanizmini shakllantirish, yoshlarni qiynayotgan muammolarga yechim topish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

Plenumda Prezident ma’ruzasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish yuzasidan partiyaning chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
2 277






Все о погоде - Pogoda.uz