O‘zA O`zbek

06.09.2018 Chop etish versiyasi

Muhim vazifalar belgilab olindi

Muhim vazifalar belgilab olindi
Andijonda viloyat kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkilotining hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Boshqarma tizimidagi taʼlim muassasalari rahbarlari, boshlangʻich xotin-qizlar tashkilotlari raislari ishtirok etgan hisobot yigʻilishida boshlangʻich tashkilotning oʻtgan besh yil davomidagi faoliyati tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Anjumanda xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzi, oʻrni va roli, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, 2017−2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasida hamda Prezidentimizning joriy yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Yigʻilishda kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkiloti raisi Yorqinoy Nishonovaning hisoboti tinglandi.

Hisobot yigʻilishida koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi, viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Boshqarma tomonidan xotin-qizlar qoʻmitasi va uning quyi tizimlari faoliyatini takomillashtirish, ilgʻor tajriba va ish uslublarini faoliyatga joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilib, bu borada amalga oshiriladigan muhim vazifalar belgilab olindi.

3 744
Faxriddin Ubaydullayev, OʻzA