Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.11.2017 17:24 Chop etish versiyasi

Mudofaa vazirligining rasmiy sayti ishga tushdi

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tizimda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, vazirlikning veb-saytini ishga tushirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish, mamlakatimiz aholisiga harbiy xizmat bilan bog‘liq yangiliklar va o‘zgarishlar, erishilayotgan natijalar va yutuqlarni o‘z vaqtida yetkazib borish maqsadida joriy yil 15-noyabrdan vazirlikning «www.mudofaa.uz» rasmiy veb-sayti test rejimida ishga tushirildi.

Veb-saytning bosh sahifasida vazirlik haqida, matbuot xizmati, harbiy ta’lim, multimedia ruknlari mavjud. "Vazirlik haqida" ruknida fuqarolar vazirlik tarixi, faoliyati, rahbariyati haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. "Matbuot xizmati" ruknida eng so‘nggi yangiliklar berib boriladi. "Harbiy ta’lim" ruknida foydalanuvchilar tizimdagi harbiy ta’lim muassasalari, ta’lim jarayoni haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oladi. Ayniqsa, tizimdagi harbiy ta’lim muassasalariga kirish istagidagi yoshlar uchun foydali ma’lumotlar mavjud.

Shuningdek, saytda alohida bo‘limlar ham faoliyat yuritmoqda. Jumladan, yoshlar bilan ishlash, jamoatchilik kengashi, ijtimoiy himoya, madaniyat va sport, huquqiy maslahat yo‘nalishlaridagi bo‘limlarda mavzularga oid tegishli ma’lumotlar kiritilgan.

"Multimedia" ruknida harbiy vatanparvarlik ruhidagi videoroliklar, kliplar va audio materiallar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyidagi eksponatlarning rasmlari joylashtirilgan.

Veb-saytning mobil versiyasi ham mavjud. Ma’lumotlar o‘zbek va rus tillarida joylashtirilgan. Foydali havolalar kiritilgan.

Anjuman davomida veb-saytni yanada boyitish, faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
1 579






Все о погоде - Pogoda.uz