O‘zA O`zbek

28.08.2018 20:37 Chop etish versiyasi

Muammolar ildiziga tahliliy nazar

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida “Yoshlar maʻnaviyati: muammo va yechim” mavzusida Yoshlar press-klubining maxsus sessiyasi oʻtkazildi.

Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi rahbari A.Qodirov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.Ziyo, taniqli jurnalist A.Meliboyev va boshqalar mamlakatimizda yoshlar maʻnaviyatini yuksaltirish, ularning kamoloti va istiqboliga ustuvor vazifa sifatida eʻtibor qaratilayotganinitaʻkidladi.

Prezidentning 2018 yil 14 avgustda qabul qilingan “Yoshlarni maʻnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʻlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori yuksak maʻnaviyatli, qatʻiy hayotiy pozitsiya,keng dunyoqarashga ega boʻlgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularni yot gʻoyalar taʻsiridan himoyalash, pedagog xodimlarning qadr-qimmati va nufuzini oshirishda yangi istiqbollarni ochishi shubhasiz.

Eng ulugʻ va eng aziz bayram – Mustaqillik ayyomi arafasida yurtimizning turli hududlarida oʻtkazilayotgan uchrashuv va muloqotlar, targʻibot tadbirlari davomida yoshlar ongiga yurtimizda kechayotgan shiddatli oʻzgarishlarning mazmun-mohiyatini, ahamiyatini, navqiron avlod kamoloti yoʻlidagi cheksiz mehr va eʻtiborni hayotiy misollar yordamida, samimiy tarzda tushuntirishga alohida eʻtibor qaratilmoqda.

Tadbirda taʻkidlanganidek, bugungi kunda ayrim yoshlarni istiqlol va uning neʻmatlari qadriga yetishga, maʻnaviyatimiz rivojiga toʻsiq boʻlayotgan gʻovlarni toʻgʻri ajrata olishga oʻrgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirda maʻnaviyatimiz ildiziga bolta urayotgan ayrim illatlarning sababi va mohiyati yoshlar auditoriyasining ishtirokida atroflicha muhokama etildi.

Nazokat Usmonova, OʻzA
1 709