O‘zA O`zbek

22.10.2019 Chop etish versiyasi

MSK Matbuot xizmatiga Rizayev Navroʻz Ibodullayevich rahbar etib tayinlandi

MSK Matbuot xizmatiga Rizayev Navroʻz Ibodullayevich rahbar etib tayinlandi

Saylovlar jarayonini yoritishda ommaviy axborot vositalarining roli katta. Ular saylovchilarni saylov jarayonlarining borishidan xabardor etish, saylovoldi tashviqotini olib borish, nomzodlarni tashviq qilishda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi.

Bu borada OAV bilan aloqalarini taʼminlash, mustahkamlash va rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayni shu maqsadda MSK Matbuot xizmatiga Rizayev Navroʻz Ibodullayevich rahbar etib tayinlandi.

Navroʻz Rizayev 1969-yilda tugʻilgan, oliy maʼlumotli- Tbilisi davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog, rus va gruzin tili oʻqituvchisi. 2017-yildan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi “Oʻzbekiston 24” telekanali “Tahlilnoma” axborot-tahliliy dasturlar boʻlimining katta muharriri lavozimlarida ishlab kelmoqda.

581
OʻzA