O‘zA O`zbek

30.03.2020 Chop etish versiyasi

Moskvada mutaxassislar CODID-19 ga qarshi kurashda “aqlli koʻzoynaklar”dan foydalanmoqda

Moskvada mutaxassislar CODID-19 ga qarshi kurashda “aqlli koʻzoynaklar”dan foydalanmoqda

Moskva shahridagi uchta kasalxonada koronavirus boʻyicha mutaxassislar masofaviy tadqiqotlar va konsiliumlar uchun “aqlli koʻzoynaklardan” foydalanmoqda, deb maʼlum qildi Kommunarkadagi kasalxona bosh vrachi Denis Protsenko RIA novosti muxbiri bilan suhbatda.

“Bu epidemiya paytida oʻta dolzarb. Bizga epidemiya sharoitida katta foyda beradigan smart-glass loyihasi taklif etildi“, — dedi u.

Uning aytishicha, bu usul ekspertlarning virus yuqtirish xavfini kamaytiradi va ogʻir yotgan bemor oldiga borish uchun ketadigan vaqtni ham tejaydi. Qolaversa, konsilium oʻtkazish imkoniyati ham paydo boʻladi. “Biz virtual xonaga toʻplanamiz, bemor turgan joydagi doktor bemorning biz istagan joyini namoyish qila oladi“, — dedi Protsenko.

“Biz albatta bu imkoniyatdan foydalanamiz. Dushanba kunigacha ushbu tizim barcha tibbiyot markazlariga oʻrnatiladi“, — deya taʼkidladi u.

729
OʻzA