O‘zA O`zbek

19.05.2019 11:21 Chop etish versiyasi

Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida oʻzbek tili ham oʻqitilmoqda

Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida oʻzbek tili ham oʻqitilmoqda

Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti va mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. Xususan, poytaxtimizdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti bilan MDXMI oʻrtasida hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Bugungi kunda MDXMIda 50 dan ziyod xorijiy tillar oʻqitilmoqda. 2000 yildan oʻzbek tili boʻyicha ham saboqlar berish yoʻlga qoʻyilgan.

Ayni vaqtda poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida boʻlib oʻtayotgan MDXMI bitiruvchilarining V xalqaro forumi ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov oʻz chiqishida shular haqida aytib oʻtdi.

Forum davom etmoqda.

photo_2019-05-19_11-21-54.jpg

photo_2019-05-19_11-22-19.jpg

photo_2019-05-19_11-22-23.jpg

Malohat Husanova, Farhod Abdurasulov (surat), OʻzA
3 373