O‘zA O`zbek

13.06.2019 10:11 Chop etish versiyasi

Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filiali hujjatlar qabul qilishni boshlaydi

Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Toshkent filiali hujjatlar qabul qilishni boshlaydi

Joriy yil 15 iyundan Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MDXMI) Toshkent filiali abiturientlardan bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar qabul qilishni boshlaydi.

Ushbu oliy o‘quv yurtida ta’lim olishga qaror qilgan o‘g‘il-qizlar 15 iyundan 1 iyulgacha bakalavriatning “Biznes-informatika” yo‘nalishi, 15 iyundan 20 iyulga qadar esa magistraturaning “Huquq” va “Biznes-informatika” yo‘nalishiga hujjatlar topshirishi mumkin.

Bakalavriat talabalari rus va xorijiy (ingliz, fransuz yoki nemis) tillar hamda matematika fanlaridan kirish imtihonlari topshiradi.

Magistr yo‘nalishidagi nomzodlar esa portfolio (hujjatlar to‘plami) tanlovidan o‘tadi va insho yozadi.

2019-2020 o‘quv yilida ta’lim uchun to‘lovni amalga oshirish sharti bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha joylar soni 25 ta etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Rossiya oliy o‘quv yurti o‘rtasida MDXMIning O‘zbekistondagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat o‘tgan yil oktabr oyida Toshkentda ilk bor o‘tgan O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi doirasida imzolangan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahrida MDXMI filiali faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qarori 2019 yil 11 fevral kuni qabul qilindi.

O‘zA
662