O‘zA O`zbek

22.09.2019 Chop etish versiyasi

Monopoliyaga qarshi kurashuvchilar qonunchilik, murojaatlar bilan ishlash, korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha saboq oldi

Monopoliyaga qarshi kurashuvchilar qonunchilik, murojaatlar bilan ishlash, korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha saboq oldi

Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida huquqiy maslahat kurslarini tashkil etishda davom etmoqda.

Shu kungacha oʻquv kurslari mudofaa, maktabgacha taʼlim, investitsiyalar va tashqi savdo, qishloq xoʻjaligi va boshqa oʻndan ortiq vazirlik hamda idoralarda muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Ushbu kurslardan maqsad davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, sohaga doir qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini ularga batafsil tushuntirishdan iboratdir.

Kurslar “respublika – viloyat – tuman (shahar)” uch pogʻonali prinsipi boʻyicha tashkil etib kelinmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasida oʻtkazilgan navbatdagi oʻquv kursi ham odatdagidek 5 ta yoʻnalish (modul) boʻyicha oʻtkazildi. Xodimlarga Konstitutsiya va inson huquqlari, mehnat qonunchiligi normalari, murojaatlar bilan ishlash, korrupsiyaga qarshi kurash hamda soha faoliyatiga oid qonunchilik boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Mashgʻulotlar sodda va tushunarli tilda, turli innovatsion usullardan foydalangan holda tashkil etildi.

Oʻquv kursida Adliya vazirligi masʼul xodimlari, Toshkent davlat yuridik universiteti professor oʻqituvchilari, Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Huquqiy siyosat tadqiqot institutining malakali xodimlari ishtirok etdi.

Oʻquv mashgʻuloti davomida faqat huquqiy maʼlumotlar berish bilan cheklanilmasdan, xodimlarning qonun hujjatlaridan xabardorlik darajasi oʻrganilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

3 713
OʻzA