O‘zA O`zbek

16.08.2018 17:25 Chop etish versiyasi

Mobil radarlar qaysi manzillarga o‘rnatildi?

Mobil radarlar qaysi manzillarga o‘rnatildi?
Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan Toshkent shahrida YPX inspektorlari tomonidan ma’nan eskirgan qo‘l radarlaridan foydalanish ta’qiqlandi.

Tezlikni belgilangan me’yordan oshirish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar hozirda avtomat-statsionar va mobil radarlar yordamida aniqlanmoqda.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati bugun, 16 avgust kuni mobil radarlar quyidagi manzillarga o‘rnatilgan:

Sergeli tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li, “Elbrus” restorani, soat 9:00 dan;

Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yo‘li, “Korzinka – Aeroport”, soat 11600 dan;

Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 7-Avtokorxona, soat 14:00 dan, Oliy Majlis binosi, soat 16:00 dan;

Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, “Yulduz” AJ, soat 18:00 dan.

Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga chaqiradi. Unutmang, yuqori tezlik YTHlarining asosiy sababchisidir!

O‘zA
2 554