O‘zA O`zbek

04.12.2019 Chop etish versiyasi

Mobil ofisda tashkil etilgan sayyor xizmat aholi uchun ayni muddao bo‘ldi

Mobil ofisda tashkil etilgan sayyor xizmat aholi uchun ayni muddao bo‘ldi

Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov rahbarligida Karmana, Qiziltepa tumanlari va Zarafshon shahrida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda ko‘plab vazirlik, qo‘mita, bank, elektr energiya va gaz ta’minoti kabi tashkilotlar mutasaddilari ham qatnashdi.

Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi, Zarafshon shahar va Karmana, Qiziltepa tumanlari Davlat xizmatlari markazlari mutaxassislari mobil avtobusda xalqqa sayyor xizmat ko‘rsatishdi. Tomdi va Uchquduq tumanlarida ham fuqarolar murojaatlari mobil ofisda qabul qilinib, eksteretorial xizmat jarayonida muammolariga yechim topildi.

Karmanada o‘tkazilgan sayyor qabulda ko‘plab fuqarolarning yillar davomida yechilmay yotgan masalalariga oydinlik kiritildi. Tuman xalq qabulxonasi qoshida mobil avtobusda sayyor xizmat ham yo‘lga qo‘yildi. Aholining gaz, elektr ta’minoti, kadastr xizmati hamda tadbirkorlarning yechilmay yotgan muammolariga javob topildi. Karmana va Qiziltepa tumanlarida tashkil etilgan sayyor xizmat tufayli 47 ta murojaatga fuqarolar o‘z vaqtida javob olishdi.

Mazkur sayyor qabulda aholining aksariyati oliy sud, bosh prokuratura, ichki ishlar, bandlik, uy-joy, xotin-qizlar vazirligiga murojaat etishi kuzatildi. Har bir fuqaroning dardi tinglandi. Hech bir odamning umidi so‘nmadi. Bunday tadbirlarda mobil ofisda tashkil etilgan sayyor xizmat aholi uchun ayni muddao bo‘lmoqda.

DXA Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

559
O‘zA