O‘zA O`zbek

02.09.2018 19:40 Chop etish versiyasi

Misr Prezidentining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifiga doir

Misr Prezidentining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifiga doir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2018 yil 4-5 sentyabr kunlari Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn as-Sisi rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarda Oʻzbekiston-Misr hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilish hamda mintaqaviy va hududiy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, Oʻzbekiston va Misr oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, taʼlim, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

O'zA
2 398