O‘zA O`zbek

11.02.2019 Chop etish versiyasi

“Mirzo Ulugbek Business City” xavfsiz, yashil va qulay siti boʻladimi?

“Mirzo Ulugbek Business City” xavfsiz, yashil va qulay siti boʻladimi?

Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan “Mirzo Ulugbek Business City” loyihasining taxminiy koʻrinishi “iki design group” tomonidan taqdim etildi.

Kompaniya vakili Murod Qodirovning soʻzlariga koʻra, “Mirzo Ulugbek Business City” Toshkentning “umurtqa pogʻonasi”, yaʼni asosiy transport yoʻllari kesishmasida joylashgan. Shundan kelib chiqqan holda loyiha har tomonlama puxta oʻylab chiqilgan.

“Mirzo Ulugbek Business City” aholi uchun har tomonlama qulay shaharcha boʻlishi uchun mazkur hududning sputnik orqali koʻrinishi, yoʻllar kesishmasi chuqur oʻrganilgan. “Mirzo Ulugbek Business City” loyihasini tuzishda eng avvalo xavfsizlik, yoʻllarda tirbandlik hosil qilmaslik ham koʻkalamzorlik belgilari asosiy mezon qilib olingan.

“Mirzo Ulugbek Business City” zerikarli boʻlmasligi unda piyoda va mashinada sayr ham maroqli boʻlishi uchun dizayn, binolar baland va pastliklari maxsus loyihalashtirilgan.

Murod Qodirovning aytishicha, shaharda asosiy urgʻu faqat binolar dizayniga berilishi notoʻgʻri qarash. Shahar avvalo aholi uchun qulay boʻlishi kerak.

“iki design group” taqdim etgan ushbu loyiha taklif boʻlib, unga oʻzgartirish kiritish yoki qabul qilish u yerga mablagʻ kiritayotgan investor xohishiga bogʻliq boʻladi.

Hozirda “Mirzo Ulugbek Business City” loyihasi boʻyicha qancha investor shartnoma tuzgani haqida maʼlumotlar berilmadi.

1 284
Anora Sodiqova, OʻzA