Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.01.2018 14:10 Chop etish versiyasi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 32 nafar yosh oilaga "Yoshlar uyi"ning kalitlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi "Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida bunyod etilgan 2 ta 16 xonadondan iborat mazkur uy 32 nafar yosh oilalarga boshlang‘ich badalsiz, 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida to‘lab borish sharti bilan berildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak: 2017-yil poytaxtimizning Olmazor va Yunusobod tumanlarida 176 xonadondan iborat 8 ta "Yoshlar uyi" barpo etilgan.

Mohigul Qosimova, O‘zA
6 974