O‘zA O`zbek

20.07.2019 Chop etish versiyasi

Mirzachoʻlda dambaga tiqilib qolgan odam qutqarib qolindi

Mirzachoʻlda dambaga tiqilib qolgan odam qutqarib qolindi

Mirzachoʻl tumanidagi 2-son yongʻin qutqaruv boʻlimi xodimlari Bogʻbon qishlogʻidan oʻtgan kanal dambasi ichiga odam tushib ketganligi toʻgʻrisida xabar eshitgach voqea joyiga yetib kelganda vaziyat juda xatarli edi.

Kanalga turmush oʻrtogʻi bilan gilam yuvish maqsadida borgan ikki nafar farzandning otasi, 38 yoshli fuqaro fuqaro Gʻayrat Jumaboyev bexosdan suvga tushib ketib damba koʻprigi tagida chiqib ketishning iloji yoʻq holatda tiqilib qolgandi.

Qutqaruvchilar zudlik bilan damba koʻprigidan odam sigʻadigan joy ochib, pastga arqon tushirishadi.Soʻngra jabrlanuvchi arqon yordamida ehtiyotkorlik bilan chiqarib olinib, shu yerning oʻzida birinchi yordam koʻrsatilgan.

Tuman tez tibbiy yordam boʻlimiga olib borilgan Gʻ.Jumaboyev oʻzini yaxshi his qilmoqda, deyiladi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin xavfsizligi boshqarmasi xabarida.

1 646
T. BEKNAZAROV, OʻzA.