O‘zA O`zbek

30.07.2020 Chop etish versiyasi

Mingbuloqda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 448 million soʻm tarqatildi

Mingbuloqda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 448 million soʻm tarqatildi

Hukumatning tegishli farmoyishiga asosan “Saxovat va koʻmak” fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatish maqsadida Mingbuloq tumani hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari tumandagi 448 ta oila holidan xabar oldi va Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi. Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har bir xonadonga 1 million soʻmdan jami 448 million soʻm berildi. 

Maʼlumot oʻrnida, tumanda jami 1603 ta kambagʻallik roʻyxatida turuvchi oila mavjud. Shu kungacha ularning 763 tasi kambagʻallik roʻyxatidan chiqarilgan.

photo_2020-07-30_19-03-29.jpg

photo_2020-07-30_19-03-23.jpg

photo_2020-07-30_19-03-19.jpg

photo_2020-07-30_19-03-16.jpg


5 887
Hotam MAMADALIYEV (surat), OʻzA