Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.11.2017 18:47 Chop etish versiyasi

Milliy axborot-kutubxona haftaligi yakunlandi

Milliy axborot-kutubxona haftaligi yakunlandi Poytaxtimizda “Infolib – 2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda bugungi kunda 12 mingdan ziyod axborot-kutubxona muassasasi bo‘lib, ularda 29 mingga yaqin xodim faoliyat ko‘rsatmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanib borayotgani kutubxonalar faoliyatini bugungi kun talablariga mos ravishda takomillashtirishni talab etmoqda. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali olib borish, barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish, mumtoz jahon va o‘zbek adabiyoti asarlari, qadimiy qo‘lyozmalarning raqamli nusxalarini yaratish, axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va o‘quv muassasalari kutubxonalarining moddiy-texnik bazalarini yanada mustahkamlash, foydalanuvchilarga masofadan turib xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish soha oldida turgan dolzarb vazifalardir.

Prezidentimizning 2017 yil 28 iyuldagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida»gi, 13 sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarorlari doirasida tashkil etilgan “Infolib – 2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligida "Ochiq eshiklar", "Mutaxassis", "Ijod va tanlovlar", "Bilimlar va xorijiy tillar" kabi tadbirlar, uchrashuvlar, anjumanlar o‘tkazildi. O‘quv-seminarlarda soha mutaxassislariga axborot-kutubxona resurslarini kataloglashtirish, qo‘lyozmalar va nodir nashrlar bilan ishlash, foydalanuvchilarga virtual xizmat ko‘rsatish, ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi.

18.JPG

Haftalik doirasida "Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi – 2017" tanlovining mamlakat bosqichi o‘tkazilib, sohaning ilg‘or vakillari ish tajribalari ommalashtirildi.

Haftalik “Madaniy rang-baranglik” kuni bilan yakunlandi. Tadbir doirasida xalq cholg‘u asboblarini yasash, yapon an’anaviy san’ati bo‘yicha mahorat darslari, «Shekspir festivali» teatrlashtirilgan ko‘rgazmasi, Respublika estrada-sirk kolleji o‘quvchilari ishtirokida konsert namoyish etildi. “Infolib – 2017” yakunlari sarhisob qilinib, eng faol ishtirokchilar taqdirlandi.

Malohat Husanova, Oqil G‘ulomov (surat) O‘zA
2 867






Все о погоде - Pogoda.uz