O‘zA O`zbek

29.08.2018 18:47 Chop etish versiyasi

Milliy armiyamizning jangovar qudrati namoyish etildi

Milliy armiyamizning jangovar qudrati namoyish etildi Chirchiq dala oʻquv maydonida oliy harbiy taʼlim muassasalariga joriy yilda oʻqishga qabul qilingan yoshlar uchun qurol-aslaha va harbiy texnikalar yordamida koʻrgazmali mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri A.Azizov, masʼul ofitserlar, kursantlar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar milliy armiyamizning jangovar tayyorgarligi va harbiy salohiyatini yanada oshirish, sarhadlar daxlsizligi hamda xalqimizning tinch-osoyishta hayotini taʼminlashga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.

Koʻrgazmali mashgʻulotlarda kursantlarga qurol-aslaha va harbiy texnikalarning tavsifi hamda ular yordamida jangovar otish mashqlarini bajarishda xavfsizlik talablariga rioya etish haqida tushunchalar berildi. Tadbirning amaliy qismida esaQurolli Kuchlar akademiyasi hamda Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtiga oʻqishga qabul qilingan yigitlar bilim va koʻnikmalarini namoyish etdi.

Undaqurollardan otish mashqlari bajarildi. Yakunda yuqori aʼlo darajada qatnashgan harbiy xizmatchilarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Abdulaziz Musayev, OʻzA
2 402