O‘zA O`zbek

17.12.2019 Chop etish versiyasi

“Mikrokreditbank” hamda “ODDO BHF” banklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatildi

“Mikrokreditbank” hamda “ODDO BHF” banklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatildi

Shu kunlarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi Murodilla Eshmatov boshchiligidagi mazkur moliya muassasasi vakillaridan iborat delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida bo‘lib turibdi.

Safar doirasida qator moliya muassasalari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish belgilangan. Xususan, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki yurtimizdagi yirik va kichik biznes sub’ektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Germaniyaning “ODDO BHF” banki bilan ikki tomonlama biznes korporatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzoladi.

Ma’lumot uchun ta’kidlash joizki, “ODDO BHF” banki 150 yildan ortiq tarixga ega mustaqil fransuz-nemis moliya muassasasi hisoblanadi. Hozirda ushbu bank yillik sof foydasi hamda ustav kapitali bo‘yicha dunyodagi yirik banklar qatorida turadi.

Kelishuvga ko‘ra, “ODDO BHF” banki tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etiladigan mablag‘lar Yevropa Ittifoqidan import qilinayotgan asosiy vosita va texnologik uskunalarni xarid qilishga yo‘naltiriladi.

“ODDO BHF” banki tomonidan ajratiladigan kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan Toshkent shahridagi “SESAME” MChJga avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatini tashkil qilish, Surxondaryo viloyatidagi “Aziya-Golden-Fish” MChJga baliqchilik klasterini tashkil etish, “Gold Biznes Pro” MChJga beton va beton mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish, Sirdaryo viloyatidagi “EURASIA GAZ BETON” MChJga gazobeton mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksi tashkil qilish, “Sirdaryo Mega Lyuks” MChJga esa polietilen qoplarini ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan.

Delegatsiyaning Germaniya Federativ Respublikasidagi safari davom etmoqda.

Reklama huquqi asosida.

Bank axborot xizmati

1 431
O‘zA