O‘zA O`zbek

05.09.2018 11:21 Chop etish versiyasi

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi yangi binoda

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi yangi binoda

Toshkent viloyati Angren shahar ichki ishlar boʻlimining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi yangi binoda ish boshladi.

d7805743-3f34-437d-9f5e-0c7c08dae878.jpg

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Ichki ishlar vazirligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, tuman va shahar ichki ishlar boʻlimlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari masʼullari, keng jamoatchilik vakillari va mahalla faollari ishtirok etdi.

dc630f9e-d46c-47a3-8879-c9c492956b00.jpg

Mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak“, degan gʻoya xalqimiz manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilayotgani, bu borada ichki ishlar tizimi, xususan, aholi bilan doimo gavjum boʻlgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarida ularga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Ishtirokchilar yangi binoda aholiga biometrik pasportlar berish, ularning xorijga chiqish yuzasidan hujjatlarini koʻrib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish boʻyicha yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Masʼullar tomonidan barcha tuman va shaharlarda aholi uchun xuddi shunday qulay sharoit yaratish lozimligi qayd etildi.

Tadbir mobaynida birinchi marotaba fuqarolik pasporti olayotgan shaharning bir guruh yoshlariga biometrik pasportlar tantanali ravishda topshirildi.

A.Xudoyqulov, OʻzA
1 735