Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.08.2017 15:08 Chop etish versiyasi

Migratsiya va fuqarolik: qanday qulayliklar yaratilmoqda?

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 11-iyuldagi "Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori sohada sifat jihatidan yangi tartibni o‘rnatishga qaratilgan.

Poytaxtimizda mazkur qaror mohiyati va ijrosi bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda sohada faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Toshxo‘jayev migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish respublika, o‘rta va quyi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibi o‘rnatilayotganini qayd etdi. Bunda ularning asosiy vazifalari va funksiyalari aniq belgilanishi va taqsimlanishi, rahbarlar va xodimlarning zimmasiga yuklangan majburiyatlarni mukammal darajada bajarishi uchun shaxsiy javobgarligi kuchaytirildi.

Aholini pasportlashtirish, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish, unga kirish va unda bo‘lish, fuqarolikni qabul qilish, yo‘qotish va fuqarolikdan chiqish, siyosiy boshpana berish jarayonlarini tahlil qilish, baholash va prognoz qilishning ta’sirchan, soha faoliyatini samarali rejalashtirish va tashkil etishni ta’minlovchi mexanizmlari joriy etilayotir.

Pasport tizimi qoidalarini buzish, noqonuniy migratsiya faktlariga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni kompleks o‘rganish asosida ularning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish tizimi takomillashtirilmoqda. Pasport tizimi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish, mazkur sohada hamkorlik to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvlarni amalga oshirish masalalarida vazirlik va idoralar bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilayotir.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ochiqligini ta’minlash va tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘z faoliyatida keng qo‘llash, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari faoliyatiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning hamda pasport tizimi masalalari bo‘yicha fuqarolar qabulini tartibga solishning bevosita aloqa qilinmaydigan muloqot shaklini ta’minlovchi elektron tizimi joriy qilinadi. Davlat xizmatlari, jumladan, biometrik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtinchalik propiska olish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish, shuningdek, manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartib-taomillarini ta’minlovchi elektron tizim ishlab chiqiladi va 2018-yil 1-maydan e’tiboran amalga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tarkibida umumiy belgilangan shtatlar soni doirasida Elektron axborot tizimlari boshqarmasi tashkil etildi.

Seminarda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida joylarda faoliyat yuritayotgan xodimlarga qaror talablaridan kelib chiqadigan vazifalar, uning ijrosini samarali ta’minlashga oid ko‘rsatmalar berildi.

Norgul Abduraimova, O‘zA
1 811






Все о погоде - Pogoda.uz