Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.03.2018 11:48 Chop etish versiyasi

"Mif" qutichasidagi modda nima ekan?

Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan Nukus temir yo‘l vokzali va uning atrofida tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro N.A. “shartli xaridorga” besh dona “Mif 3v1” yozuvli qutichaga joylashtirilgan jami 2,5 kilogrammga teng bo‘lgan miqdorda miltiqdori (poroxga o‘xshash) moddasi va 3 ming 72 dona “SBO-N” kapsyulni 1 million 500 ming so‘mga sotayotganida qo‘lga olindi. Yuqoridagi moddalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

“Mif” qutichasidagi modda nima ekanligi hali aniqlanmadi. Bugungi kunda jinoiy ish qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchining bundan tashqari boshqa fuqarolarga ham shunday moddani sotgani aniqlandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Anvar Nasirlayev, O‘zA
3 556