O‘zA O`zbek

28.03.2019 Chop etish versiyasi

MIB xodimiga 30 million soʻm pora bermoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

MIB xodimiga 30 million soʻm pora bermoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Tadbirkor davlat manfaatlariga 88 million soʻmlik moddiy zarar yetkazilganini yopish maqsadida MIB xodimiga pora taklif qildi.

Yozyovon tumani Yangiobod qishlogʻida joylashgan fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi T.M. xoʻjalikka tegishli boʻlgan 7,5 gektar yer maydonga ega baliq koʻliga oʻzboshimchalik bilan noqonuniy ravishda elektr tarmogʻiga ulab foydalanib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman boʻlimi xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qayta hisob‑kitob natijasida davlat manfaatlariga 88 million soʻmlik moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Shundan soʻng fuqaro T.M. aniqlangan moddiy zarar miqdorini kamaytirish hamda jinoiy javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida Byuroning Yozyovon tuman boʻlimi xodimlari O.Oʻrmonov va Sh.Mamajanovga 30,0 million soʻm miqdorda pora taklif qilib, shundan avans tariqasida 
20,0 million soʻmini berishligini maʼlum qilgan.

Byuroning viloyat boshqarmasi hamda tuman prokuraturasi xodimlari oʻzaro hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro T.M. tuman markazidagi oshxonalardan birida MIB xodimiga 900 AQSH dollari va 500,0 ming soʻm miqdordagi pullarni byuro xodimlariga pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.

Yozyovon tuman prokuraturasi tomonidan T.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiningtegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

1 266
O'zA