10.09.2018 16:46 Chop etish versiyasi
MIB tomonidan qarzdorlikni undirish choralari koʻrilmoqda

Majburiy ijro byurosi tomonidan sud qaroriga asocan qarzdorlikni undirish borasida samarali ishlar tashkil qilinmoqda.
Birgina misol, Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining 2017-yil 11-dekabr kunidagi qarzdor 4-son “Neftgazqurilishtaʼmir” UKdan Respublika byudjeti foydasiga 842.706.580,1 soʻm soliq qarz undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati Byuroning Kogon tuman boʻlimi ish yurituviga 2018-yil 10-yanvar kuni kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida 18.04.2018-yilda qarzdorga tegishli boʻlgan 80/374 YAA davlat raqam belgili “MAN TGS 40.400 6x4 VV” rusumli avtotransport vositasi roʻyxatga olinib xatlangan.

Avtotransport vositasi 2018-yil 29-iyun kuni “E-IJRO AUKSION” tizimiga elektron onlayn auksion savdolarini tashkil etish uchun joylashtirilgan.
Elektron onlayn auksion savdolari natijasida 15.08.2018-yilda ushbu avtotransport vositasi 567.589.014 soʻmga sotilgan.
Mol-mulk sotuvidan kelib tushgan pul mablagʻlari qarzdorning Respublika byudjeti oldidagi qarzdorlikni qoplashga qaratilgan.
OʻzA