O‘zA O`zbek

14.08.2018 15:56 Chop etish versiyasi

MIB kam ta’minlangan oilalarga yordam bermoqda

MIB kam ta’minlangan oilalarga yordam bermoqda
Ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy ko‘mak berishdek xayrli ishlarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqda. 

Byuroning Surxondaryo viloyat Muzrabot tuman bo‘limi xodimlari ham fuqarolarning dardu tashvishlari bilan yashash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning muammo va kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Tumanda o‘tkazilgan shunday tadbirlarda 35 dan ortiq oilaga kommunal to‘lovlarni amalga oshirishlari uchun shaxsiy abonent raqamlari ochilib, xonadonlardagi hisoblagichlar qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazib berildi. Ayrim xonadonlarga esa homiylik mablag‘lari hisobidan yangi elektr hisoblagichlar o‘rnatildi. Bunday e’tibordan yurtdoshlarimiz mamnun. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni muntazam davom ettirish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash zarurki, bu kabi xayrli ishlar, eng avvalo, oilalarda, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlab, insonlarning mushkulini oson qiladi va ko‘nglini tog‘dek yuksaltiradi. Eng muhimi, bu kabi xayrli ishlar ehtiyojmand insonlarning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘zA
1 910