O‘zA O`zbek

21.09.2018 Chop etish versiyasi

Mercedes-Benz haydovchisi piyodalar yoʻlakchasida bola koʻtargan ayolni urib ketdi

Mercedes-Benz haydovchisi piyodalar yoʻlakchasida bola koʻtargan ayolni urib ketdi

Joriy yilning 18 sentabr kuni soat 13:40 da Mirzo Ulugʻbek tumani Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida YTH sodir boʻlgan, deb xabar qiladi Mirzo Ulugʻbek tuman hokimligi matbuot xizmati.

Markaziy koʻchadagi avtomabillardan biri piyodalar uchun moʻljallangan yoʻlakchaga oʻtib ketishi oqibatida qoʻlida yosh bolasini koʻtarib olgan ayolga yengil tan jarohati yetkazgan. Ular hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazida shifokorlar nazoratida, ahvoli yaxshi.

Onaga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, ensa sohasini yumshoq tolalarini ezilishi, bolaga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tashxisi qoʻyilgan. YTHni sodir etgan 01 / Q 014 NA raqamli Mercedes-Benz haydovchisiga nisbatan chora koʻrilgan. Avtomabil jarima maydonchasiga olib borilgan.

Oʻsha kuni ayol yana bir farzandini 241-sonli Umumtaʼlim maktabidan olib kelayotgan boʻlgan. Maktab yoshidagi farzandiga zarar yetmagan, u sogʻ-salomat.


1 937
O'zA