Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.09.2017 12:16 Chop etish versiyasi

“Mening Toj-Mahalim” badiiy-publitsistik asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizdagi “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida Oygul Muhammad Jiyan qizining “Mening Toj-Mahalim” badiiy-publitsistik asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Muallif yoshlar o‘rtasida umuminsoniy qadriyatlar, asriy an’analar va haqiqiy sevgi-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish orqali globallashuv sharoitida turli yot qarashlar, soxta madaniyatlar tajovuzi va axloqsizliklarga qarshi turish borasida mulohaza yuritadi.

Asarda mamlakatimizning barcha hududlarida, tumanlar markazlarida yoshlar sayr va ziyorat qiladigan sevimli go‘shalarda “Tohir va Zuhra”, “Alpomish va Barchinoy”, “Shohsanam va G‘arib”, “Otabek va Kumush”, “Mirzo Anvar va Ra’no” xiyobonlarini bunyod etish bo‘yicha taklif ilgari suriladi.

«Akademnashr» nashriyotida chop etilgan asarning tili sodda va ravon bo‘lib, keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 919






Все о погоде - Pogoda.uz