Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2018 17:02 Chop etish versiyasi

“Men Oʻzbekistonni sevaman”

“Men Oʻzbekistonni sevaman”
Poytaxtimizda “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi tomonidan aholi oʻrtasida sugʻurta xizmatlarini yanada ommalashtirish, sugʻurta himoyasining afzalliklarini keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlab “Men Oʻzbekistonni sevaman” aksiyasining yakuniy marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda kompaniya mijozlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

“Oʻzbekinvest” tomonidan sugʻurta himoyasining afzalliklarini tushuntirishga qaratilgan targʻibot ishlari natijasida oxirgi yillarda kompaniyaga nisbatan mijozlar ishonchi ortib bormoqda.

Kompaniya imijini ommalashtirish va sugʻurta xizmatlarini targʻib qilish hamda aholining sugʻurta haqidagi xabardorlik darajasini oshirish maqsadida reklama-marketing faoliyatini faollashtirish boʻyicha tadbirlar tashkil etish yaxshi anʼanaga aylangan. Vatanga muhabbat va daxldorlik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan Mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida kompaniyaning feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida oʻtkazilgan “Men Oʻzbekistonni sevaman” tanlov yakunlari esa mingdan ortiq ishtirokchilarni qamrab oldi.

Tadbir davomida “Men Oʻzbekistonni sevaman” aksiyasining 3 nafar gʻolibiga noutbuk, planshet va zamonaviy mobil telefon apparati topshirildi. Shuningdek, ishtirokchilar oʻrtasida viktorina tashkil etilib, yurtimiz mustaqilligi tarixi va ramzlari bilan bogʻliq savollarga javob berganlar taqdirlandi.

OʻzA
1 118