Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.08.2018 12:15 Chop etish versiyasi

Meksikada samolyot halokati yuz berdi Baxtsiz hodisada qurbonlar aniqlanmagan

Meksikada samolyot halokati yuz berdi Baxtsiz hodisada qurbonlar aniqlanmagan

“31-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da Gvadelupe xalqaro aeroportidan Mexiko shahriga parvozga shaylangan samolyot havoga ko‘tarilishi bilanoq, portlash oqibatida aeroport yaqinida halokatga uchradi”, deb xabar bermoqda VVS.

Hukumat huquq-tartibot organlarining bergan ma’lumotlariga kura, halokat sodir bo‘lganda samolyot bortida 97 nafar yo‘lovchi, shuningdek, 4 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Baxtsiz hodisa oqibatida turli darajada jarohatlangan 37 kishi zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda jabrlanganlarning 2 nafarining ahvoli og‘irlashgan.

Baxtsiz hodisaga noqulay ob-havo sharoiti, ya’ni samolyot parvozi paytida yog‘ayotgan yomg‘ir sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

O‘zA
2 245