O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun harbiylar tog‘da ekskursiya tashkil etishdi (Foto)

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun harbiylar tog‘da ekskursiya tashkil etishdi (Foto)

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi “Sen yolg‘iz emassan” Respublika bolalar jamoatchilik jamg‘armasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi 22- va 23-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashiqlari markaziga ekskursiya uyushtirildi.

Bu Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati O‘zA ma’lum qildi.

photo_2019-04-03_10-08-10.jpg

Mehribonlik uylarida tashkil etilgan harbiy-sport guruhlarining 70 nafar tarbiyalanuvchisi alpinizm, qoyani zabt etish, shuningdek, ot minish, ekstremal sharoitlarda yashovchanlik asoslari va kichik kalibrli miltiqdan otish tayyorgarligi elementlari bo‘yicha boshlang‘ich bilim olib, amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.

Shu bilan birga yoshlarga Markaz tog‘-yo‘riqchilari va soha bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan sport ustalari tomonidan harbiy vatanparvarlik va tog‘ sporti turlari bo‘yicha ma’ruzalar qilinib, o‘quv filmlari namoyish etildi.

photo_2019-04-03_10-08-12.jpg

Ta’kidlash kerakki, bu kabi tadbirlar yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni jismonan sog‘lom hamda yetuk kamol toptirish yo‘lida o‘tkazilmoqda.

1 480
O‘zA