Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.06.2018 15:48 Chop etish versiyasi

Mehr-muruvvat va xayr-saxovat ayyomi

Mehr-muruvvat va xayr-saxovat ayyomi
Prezidentimizning joriy yil 11 iyundagi “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Toshkent viloyatida ham turli tadbirlaramalga oshirilmoqda.

Muborak Ramazon ayyomining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, odamlarni ma’naviy poklik, yaxshilik va hamjihatlikka da’vat etish kabi targ‘ibot tadbirlari, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni obodonlashtirish, ehtiyojmand aholini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ezgu ishlarda viloyat imom-xatiblari ham faol ishtirok etayotir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat imom-xatiblari tomonidan kam ta’minlangan 465 oila, 68 nafar keksalar, shuningdek, Muruvvat, Saxovat va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olinib, ularga 112 million 180 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan.

– Bugun arafa, ertadan boshlab yurtimizda mehr-muruvvat, ma’naviy poklik ayyomi keng nishonlanadi, – deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili X.Turmatov. – Muborak Ramazon oyi mobaynida ko‘plab saxovatpesha yurtdoshlarimiz tomonidan xayr-saxovat va muruvvat ishlari bajarildi. Ishonchim komilki, 3 kunlik qutlug‘ kunlarda ham xayrli tadbirlar yanada ko‘p bo‘ladi.

Imom-xatiblar tashabbusi bilan viloyatdagi 14 muqaddas qadamjo, 3 tarixiy obida va 827 qabriston tozalanib, obodonlashtirildi.

Viloyatda bu kabi ezgu va xayrli tadbirlar davom etmoqda.

Avaz Xudoyqulov, O‘zA
1 445