O‘zA O`zbek

12.02.2020 Chop etish versiyasi

Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlari himoyasi kuchaytiriladi

Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlari himoyasi kuchaytiriladi

Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz hamda tegishli vazirlik va idoralar “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joriy yilning 1 sentabriga qadar ishlab chiqiladi.

Loyihada mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqiy maqomi, mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarining kafolatlari, mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi nazarda tutiladi.

836
O‘zA