O‘zA O`zbek

06.08.2018 23:10 Chop etish versiyasi

Mehnat huquqlari himoyasini xolis yoritish mexanizmlari

Urganchda “Mehnat huquqlari himoyasini xolis yoritish va axborotni o‘z vaqtida taqdim etish mexanizmlari”mavzusida jurnalistlar uchun seminar-trening o‘tkazildi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan choralar belgilangan. Shunga muvofiq, bugungi kunda ushbu yo‘nalishda muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, aholini munosib ish bilan ta’minlash, mehnat me’yorlarini bajarish, bolalar mehnati va majburiy mehnatning oldini olishga alohida e’tiborqaratilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari vakillari, viloyatdagi boshqarma va idoralar matbuot xizmatlari xodimlari uchun bunday treninglar tashkil etilayotgani mamlakatimizda mehnat huquqlari targ‘ibotida ijtimoiy media va jurnalistik surishtiruvning o‘rni yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bu jurnalistlarning professionallik darajasini oshirish, hududiy OAVda mehnat huquqlari, munosib mehnat sharoitlari, majburiy mehnat kabi mavzularni keng va faol yoritish imkonini beradi.

Treningda jurnalistlar mehnat me’yorlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar haqidagi ma’lumotlar bilan atroflicha tanishtirildi.

Jurnalistlarning axborot texnologiyalari yangi mexanizmlari bilan ishlashdagi bilim va ko‘nikmasini boyitish, mutasaddi idoralar matbuot xizmatlari bilan hamkorlik samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

A.Shokirov, O‘zA
1 964