O‘zA O`zbek

20.08.2018 15:53 Chop etish versiyasi

Mehmonxonalarda 30 foizgacha chegirma

Mehmonxonalarda 30 foizgacha chegirma Prezidentimizning “Rasmiy sanalarni bayram qilish davrida qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash va 2018 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.

Mazkur hujjatda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ham tegishli vazifalar belgilangan edi. Ayni vaqtda ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash, sayyohlar uchun turli chegirmalar qilib, ularni sayyohatga qiziqishini oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, aynivaqtda Mustaqillik bayramini mazmunli o‘tishini ta’minlash harakatlari boshlab yuborilgan. Shu maqsadda hududlardagi mehmonxonalar bilan birgalikda bayram kunlari sayohatchi guruhlar sonidan kelib chiqib, mehmonxonalarda 30 foizgacha chegirmalar e’lon qilindi. Mehmonxonalar o‘z imkoniyatlariga ko‘ra 3 foizdan 30 foizgacha chegirma bermoqda. Misol uchun, Jizzax viloyatidagi ko‘plab mehmonxonalarda 5-10 foizlik chegirma mavjud.

Albatta, bu imtiyozlar faqatgina Mustaqillik bayrami kunlari amal qiladi.

O‘zA
2 169