Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.08.2018 16:48 Chop etish versiyasi

MDHga a’zo mamlakatlar Turizm bo‘yicha kengashining navbatdagi majlisi 2019 yili Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi

MDHga a’zo mamlakatlar Turizm bo‘yicha kengashining navbatdagi majlisi 2019 yili Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi Dushanbe shahrida MDHga a’zo mamlakatlar davlat axborot agentliklari jurnalistlarining ikkinchi press-turi o‘z ishini yakunladi. Anjumanda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Belarus va Rossiya Federatsiyasi davlat axborot agentliklari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Hamdo‘stlik mamlakatlarida turizmni rivojlantirishda strategik hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, yoshlar turizmini rivojlantirish, bu borada hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Anjumanda ma’lum qilinganidek, MDHga a’zo mamlakatlar Turizm bo‘yicha kengashining navbatdagi majlisi 2019 yili Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu qaror O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat ko‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Aqqulov taklifi bilan kengash a’zolari tomonidan qabul qilindi.

Anjumanning ikkinchi kuni xalqaro press-tur ishtirokchilari Tojikistonning Hisor shahrida bo‘lib, XVI asrda barpo etilgan “Qal’ai Hisor” qal’asini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, atoqli tojik shoiri Mirzo Tursunzoda nomidagi shaharni borib ko‘rdi. Surxondaryo viloyati Uzun tumanining shundoqqina biqinida joylashgan ushbu shahar jamoatchiligi jurnalistlarni “Xush omaded, birodarone xabarnigor! Xush omaded!» (“Xush kelibsiz, jurnalist birodarlar! Xush kelibsiz!”) deb karnay-surnay bilan kutib oldi.

Irismat Abduxoliqov, O‘zA Dushanbe shahri.
1 919