O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

Maxsus ruxsatnomani soxtalashtirgan shaxs qoʻlga tushdi

Maxsus ruxsatnomani soxtalashtirgan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahrida 23-iyul kuni O.S. tanishi K.Sh.ning ishonchiga kirib, transport vositasini boshqarish uchun maxsus ruxsatnomasi boʻlmaganligi sababli jarima maydoniga olib kirib qoʻyilgan “Damas” avtomashinasini bir million soʻm evaziga olib chiqib berishni vaʼda qilgan. 

U YHXB inspektori nomidan yozilgan transport vositalarini jarima maydonidan olib chiqish toʻgʻrisidagi maxsus ruxsatnomani soxtalashtirgan. Jarima maydonida saqlanayotgan “Damas” rusumli avtomashinasini olib chiqqan va pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, O.S. mana shunday qalbaki hujjatdan foydalanib, 300 000 soʻm evaziga tanishi Q.A.ga tegishli boʻlgan “Cobalt” rusumli avtomashinasini jarima maydonida olib chiqib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

2 263
M.Sulaymonov, OʻzA