O‘zA O`zbek

02.08.2018 23:58 Chop etish versiyasi

“Matiz”ga yashirilgan dori vositalari to‘xtatib qolindi

Farg‘ona viloyati bojxonachilari inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan o‘simlik zararkunandalariga qarshi kimyoviy vositalarni tashish va saqlash talablariga rioya qilmagan holda aylanma yo‘llar orqali yurtimizga ko‘p miqdorda olib kirishga urinish holatiga chek quydi.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tumanning Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh “Vodil-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro B.Z.boshqaruvidagi“Matiz” rusumli avtomashina bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi. Ushbu shaxsavtomashina saloniga qayta sotish maqsadida ko‘rinmaydigan qilib kimyoviy vositalarni joylab, Farg‘ona shahar hududiga olib ketayotganligi aniqlandi.

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda esa, uning saloni va yukxonasida kimyoviy vositalarini tashish talablariga rioya etmagan holda muqaddam Qirg‘iziston Respublikasidan chegara nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan 90 litr suyuq holda va 30 kilogramqog‘oz paketlarga qadoqlangan kimyoviy vositalar borligi aniqlandi.

Har xil o‘simlik zararkunandalariga qarshi kimyoviy vositalarni ularningtarkibini bilmagan holda foydalanish inson salomatligi uchun shubhasiz zarar keltirishi aniq. Chunki, har xil sharoitlarda va belgilangan me’yorlarga rioya qilinmagan holda tashilgan kimyoviy vositalar foyda keltirish o‘rniga kasallik va zararkunandalarni yanada ko‘paytirib yuborishi mumkin. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA
2 536