Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.10.2017 09:59 Chop etish versiyasi

Masofaviy video va audio tibbiy maslahat tizimi qanday ishlamoqda?

Sog‘liqni saqlash tizimning har bir tarkibi to‘liq axborot texnologiyalari bilan qamrab olingan bo‘lib, ular yordamida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda ko‘plab yangi yo‘nalishlar joriy qilinmoqda, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy sayti.

Xususan, teletibbiyot, videokonferensiyali aloqa va masofaviy ta’lim bazasining yaratilgani bemorlarning zamonaviy texnikalar yordamida uzoq masofadan turib malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tish imkonini bermoqda. Ushbu yo‘nalishning qulayligi shundaki, uning yordamida bemorlar uzoq masofadan turib, moddiy mablag‘larini tejagan holda malakali shifokorlardan o‘z vaqtida kasalliklari bo‘yicha sifatli va ishonchli maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, teletibbiyot, videokonferensiyali aloqa va masofaviy ta’lim bazasi yordamida sog‘liqi saqlash tizimini yangilash, uni bozor talablariga monand moslashtirish, strategik muhim topshiriq sifatida yangi menejmentda zamonaviy kompyuter-texnologiyalaridan foydalanishda ham qo‘llash mumkin.

Ushbu tizim yagona ko‘pvazifali tarmoqning bir qismi bo‘lib, masofaviy ta’lim hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining bo‘limlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlaydi.

Yaratilgan tizimning yana bir muhim jihati shundaki, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida vazirlik markaziy apparat boshliqlari va o‘rinbosarlari, sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda hududdiy bo‘limlar kundalik ish faoliyatida sog‘liqni saqlash vazirligi korparativ portali yordamida va vebkamerlar ko‘magida masofaviy konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazishlari mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mazkur tizimning ijrosini quyi boshqaruv organlar rahbarlari boshqaruvi ostida va sog‘liqni saqlash muassasalari hisobidan masofaviy boshqaruvga daxldor ma’lumotlar ayirboshlash bo‘yicha taftish qilish huquqiga ega hisoblanadi.

Yagona ko‘p vazifali tarmoqni yaratish natijasida quyidagilar erishiladi:

– Tezkor aloqa va video, audio, konferensiya ko‘rinishidagi hamkorlik o‘sadi, shuningdek, vazirlikning korperativ tarmog‘ini ishlatish bilan uning xavfsizligi va konfidensialligi ta’milanadi.

– Yetakchi ilmiy va ta’limiy tibbiy olimlar bilan videokonferensiyalar olib borish, sog‘liqni saqlash tizimdagi tashkilotlar bilan sohaga daxdor masalalar yuzasidan bahs va munozara o‘tkazish, vaziyatni tezkor tahlil qilish va xulosa chiqarish imkonini beradi.
– Audiovizual qo‘llab-quvvatlash murakkab klinik masalalarda tezkor qarorlar qabul qilish, favqulodda holatlarda yordam berishni ham o‘z ichiga oladi.

– Respublikada sohaning boshqaruv tizimida tezkorlikni oshiradi.

– Qimmatli ma’lumotni sog‘liqni sag‘lash muassasalariga yetib borishini ta’minlaydi. Shuningdek, video, ovoz, elektron hujjatlarini o‘z vaqtda yetib borishiga erishiladi.

– Sog‘liqni saqlash tashkilotlari o‘rtasida aloqani yaxshilash hamda vaqtdan samarali foydalanish imkoniyatini beradi.

1 552






Все о погоде - Pogoda.uz