O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

07.09.2018 12:13 Chop etish versiyasi

Masofaviy oʻqitish tashkil etiladi

Masofaviy oʻqitish tashkil etiladi
Prezident qarori bilan oliy taʼlim muassasalariga masofaviy oʻqitishni tashkil etish huquqi berildi.

Maʼlumki, Prezidentning 2018-yil 5-sentyabrda qabul qilingan “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan oliy taʼlim muassasalariga, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalariga, ularning mulkchilik shakli va boʻysunuvidan qatʼi nazar, masofaviy oʻqitishni tashkil etish huquqi berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2018-yilning 1-oktyabriga qadar mazkur muassasalarda masofaviy oʻqitishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

OʻzA