O‘zA O`zbek

11.08.2020 Chop etish versiyasi

Maslahat poliklinikasi ish boshladi

Maslahat poliklinikasi ish boshladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida COVID-19 ambulator maslahat poliklinikasi oʻz ishini boshladi.

Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati OʻzA muxbiriga maʼlum qildi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda, shuningdek tumanlarda COVID-19 ambulator maxsus poliklinikasi tashkil qilinmoqda. Bundan asosiy maqsad kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlash va tekshiruvdan oʻtkazishdir.

Poliknikada koʻrik davomida rentgen, EKG, infeksionist, pulmonolog, kardiolog va LOR shifokorlari bemorlarni tekshirib, zarur maslahat va yoʻllanma beradi. Kasallikning yengil darajasi aniqlangan holda uy sharoitida davolanish uchun tavsiyalar beriladi. Karantinga olingan bemorlar uchun tuman hokimligi va sektor rahbarlari tashabbusi bilan tashkil qilingan maxsus mobil guruhlar soni 14 taga koʻpaytirilib, shundan 9 ta Damas avtomashinasi hududlar boʻylab, qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari shifokorlariga biriktirildi.

Mobil guruhga biriktirilgan shifokorlar aholi orasida COVID-19 virusiga gumon qilingan hamda kontaktda boʻlgan bemorlarga birlamchi dori-darmon vositalarini yetkazib berish hamda bir vaqtning oʻzida fuqarolar oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borishni ham tashkil qiladi. Bundan tashqari, surunkali kasalliklari bor bemorlarga birlamchi yordam koʻrsatib, zarur holatda statsionar davolash ishlarini ham olib boradi.

1 861
Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA