O‘zA O`zbek

09.07.2018 17:10 Chop etish versiyasi

Mas’uliyatsizlik iskanjasi yoxud keskin choralar yechim bo‘ladimi?!

Mas’uliyatsizlik iskanjasi yoxud keskin choralar yechim bo‘ladimi?! Madaniyat vazirligining 6 oylik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilning yarim yilligida vazirlik tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va kamchiliklar tahlil etildi.

Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev so‘nggi yillarda Prezidentimizning madaniyat va san’at sohasiga oid 20 ga yaqin farmon va qarorlari e’lon qilinishi sohaga berilayotgan yuksak e’tibordan dalolat ekanligini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilishda tarixiy madaniy meros obyektlari holati, bu borada yechimini kutayotgan muammolarga e’tibor qaratildi. Jumladan, respublikamiz hududida joylashgan ko‘plab madaniy meros obyektlariga jiddiy shikast yetgan, turli sabablarga ko‘ra, buzib yuborilgan yoki o‘z vaqtida ta’mirlanmagan. Qayd etilganidek, birgina poytaxt hududida joylashgan jami 47 moddiy madaniy meros obyekti jiddiy shikastlangan yoki yo‘q qilib yuborilgan.

O‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim soha rahbarlariga nisbatan keskin choralar ko‘rildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli rahbarlarga zarur topshiriqlar berildi.

Inobat Ahatova, O‘zA
3 297