O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

Masʼuliyatini anglagan ota biryoʻla 18 yoshga qadar hisoblangan 30 mln. soʻm mablagʻni toʻlab berdi

Masʼuliyatini anglagan ota biryoʻla 18 yoshga qadar hisoblangan 30 mln. soʻm mablagʻni toʻlab berdi

Maʼlumki, sud buyrugʻiga asosan farzandlar moddiy taʼminoti uchun aliment mablagʻlarini toʻlab borilishi muhim masala hisoblanadi.

Ayni karantinli davrda ham Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosining tuman boʻlimlari tomonidan aliment toʻlovlari boʻyicha qarzdorlarning masʼuliyatini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar koʻrib kelinmoqda.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudining 20.12.2016-yildagi buyrugʻiga asosan qarzdor Dadamirzayev Qodirjondan undiruvchi Turgʻunova Muhayyo foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan edi. Mazkur ijro hujjati Byuroning Uychi tuman boʻlimi ish yurituviga olingan boʻlib, aliment toʻloviga majburiyat belgilangan otaga, karantinli davrda ham oʻzining voyaga yetmagan farzandi uchun aliment mablagʻni toʻlab borishi tushuntirildi.

Oʻz navbatida bugun uyda qolayotgan farzandi moddiy taʼminoti toʻlanishi masʼuliyatini anglagan ota biryoʻla 18 yoshga qadar hisoblangan 30 mln. soʻm mablagʻni toʻlab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.

Byuroning tuman boʻlimi tomonidan aliment undiruvi bilan bogʻliq ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash davom etmoqda.

Qayd etib joizki, yurtimizda majburiy ijro byurosining saʼy-harakatlari bilan undirilib berilayotgan aliment pullari, ushbu pullarga muhtoj boʻlgan yolgʻiz onalar va voyaga yetmagan farzandlar taʼminoti uchun otalik masʼuliyatini oshirishi bilan birga, jamiyatda qiyinchilik tufayli paydo boʻlayotgan boqimandalik hamda turli koʻrinishdagi huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini oladi.

1 910
Shuhrat Neʼmatov, OʻzA