O‘zA O`zbek

16.10.2019 Chop etish versiyasi

Markaziy saylov komissiyasi Ekspertlar guruhining axboroti


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Ekspert guruhlarining siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarini tekshirish yakunlari bo‘yicha axborotni e’lon qildi.

Ma’lumki, shu yil 7 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlarini tuzish to‘g‘risida”gi qarori asosida ikkita ekspert guruhlari tuzilgan edi. Birinchi ekspert guruhiga Bahodir Yunusov, ikkinchi ekspert guruhiga Suyarjon Qurbonqulov rahbarlik kildi.

Ekspertlar guruhining ma’lum qilishicha, Respublikamizdagi beshta siyosiy partiya tomonidan 2019 yil 10 oktabr kuni imzo varaqalari quyidagi ketma ketlikda topshirgan edi.

Birinchi — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi;

Ikkinchi — O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi;

Uchinchi — O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi;

To‘rtinchi — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi;

Beshinchi — O‘zbekiston Ekologik partiyasi.

Endilikda, siyosiy partiyalarning ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini olib borish tartibi ham shu ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim bo‘ladi.

Ekspert guruhlari imzo varaqalarini yuqorida sanab o‘tilgan ketma-ketlikda partiyalarning Vakolatli vakillari ishtirokida Saylov kodeksi talablariga qat’iy rioya qilgan holda tekshirib chiqdi.

Markaziy saylov komissiyasiga har bir siyosiy partiya 40 mingtaga qo‘shimcha 10 foizi bilan jami 44 mingtadan imzo taqdim etgan.

Saylov kodeksida imzo varaqalarining topshirish belgilangan zaruriy miqdorning kamida 15 foizi tekshirilishi belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda tekshirish uchun har bir ma’muriy-hududiy tuzilmadan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahridan) teng nisbatda 440 tadan jami 6160 tadan imzolar tanlab olinib tekshirildi.

Imzolarning barchasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan imzo varaqalarida blankalarida tartibli to‘ldirilgani aniqlandi. Hududlar nomlari, imzo qo‘ygan shaxslarning ma’lumotlari, yashash manzillari, imzo qo‘ygan sanalari aniq ko‘rsatilgan va imzolarni to‘plagan shaxsning malumotlari kiritilgan va hududiy partiya tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan. Barcha mamuriy-hududiy birliklardan 8 foizlik me’yorga amal qilingan va bir xil miqdorda to‘ldirilgan.

Shuningdek, ekspertlar tomonidan maxsus moslamalar bilan sinchiklab tekshirish davomida ayrim imzo varaqlaridagi imzolar ichida bir shaxs tomonidan bir nechta imzolar qo‘yilgani, pasport raqamlari qo‘yilmagan, yani haqiqiy emas deb topishga asos bo‘luvchi holatdagi xatoliklar ham mavjudligi aniqlandi, lekin bunday xatoliklar sezilarli darajada oz miqdorda ekani ma’lum bo‘ldi.

Birinchi siyosiy partiya — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzolarni tekshirish yakunlari bo‘yicha Ekspert guruhi xulosasida siyosiy partiya tomonidan zaruriy miqdordagi 40 mingta haqiqiy imzolar taqdim etilgani ma’lum qilindi.

1-Ekspert guruhi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari qonun talablariga mos holda to‘g‘ri to‘ldirilgan, deb xulosa taqdim etdi.

Shuningdek, partiya tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlangani e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod ko‘rsatish huquqini berish maqsadga muvofiq, deb hisoblandi.

Ikkinchi siyosiy partiya — O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzolarni tekshirish yakunlari bo‘yicha Ekspert guruhi xulosasi bo‘yicha siyosiy partiya tomonidan zaruriy miqdorda 40 mingta haqiqiy imzolar taqdimetilgani ma’lum qilindi. 

1-Ekspert guruhi O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari qonun talablariga mos holda to‘g‘ri to‘ldirilgan, deb xulosa taqdim etdi.

O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod ko‘rsatish huquqini berish bo‘yicha arizani va saylovdan kamida to‘rt oy oldin Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumotni taqdim etgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod ko‘rsatish huquqini berish maqsadga muvofiq, deb hisoblanadi.

Uchinchi siyosiy partiya — "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzolarni tekshirish yakunlari bo‘yicha Ekspert guruhi xulosasi bo‘yicha siyosiy partiya tomonidan zaruriy miqdorda 40 mingta haqiqiy imzolar taqdim etilgani ma’lum qilindi.

1-Ekspert guruhi O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari qonun talablariga mos holda to‘g‘ri to‘ldirilgan, deb xulosa taqdim etdi.

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod ko‘rsatish huquqini berishni so‘rab arizani va saylovdan kamida to‘rt oy oldin Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumotni taqdim etgan.

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod ko‘rsatish huquqini berish maqsadga muvofiq, deb hisoblandi.

To‘rtinchi — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzolarni tekshirish yakunlari bo‘yicha ikkinchi Ekspert guruhi xulosasi bo‘yicha Ekspert guruhi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari qonun talablariga mos holda to‘g‘ri to‘ldirilgan, deb xulosa taqdim etdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etish va deputatlikka nomzod ko‘rsatish huquqini berishni so‘rab arizani va saylovdan kamida to‘rt oy oldin Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi malumotni taqdim etgani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod ko‘rsatish huquqini berish maqsadga muvofiq, deb hisoblandi.

Beshinchi — O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzolarni tekshirish yakunlari bo‘yicha Ekspert guruhi xulosasi bo‘yicha siyosiy partiya tomonidan to‘plangan 40 mingta imzolar to‘g‘ri to‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi.

2-Ekspert guruhi O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari qonun talablariga mos holda to‘g‘ri to‘ldirilgan, deb xulosa taqdim etdi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etish va deputatlikka nomzod ko‘rsatish huquqini berishni so‘rab arizani va saylovdan kamida to‘rt oy oldin Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumotni taqdim etgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Ekologik partiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovida ishtirok etishga va deputatlikka nomzod ko‘rsatish huquqini berish maqsadga muvofiq, deb hisoblanadi.

2 214
O‘zA